Muhabbat, bormikan undan davo
una bir a'zo, na bir hato, agarda qilsa mubtalo
holating aniq yuz tuban g'aribu gado
na bir ihlos qoldi, na bir nafsingni hojatiga ahamiyat
hamma narsa bitib bo'ldi ado
yuragimni makonu honadon qilib oldi ming dardu balo
honavayronman, ko'rindi asli yuzida natijalar
derazamning ortidan u darbadari bemakon yig'laydi bulutlar
so'ndi orzular, to'htatildi marralarga intilish kabi harakatlar
tuyg'ularing bilan bog'langan sifati Jamil
misoli Layli bilan ko'mildi hayollar
Majnuni Qays bo'ldim, man misoli Karbalo
ufuqdagi yomg'irlarga borib qo'shildim guyo-ki sabo
mano Majnunman, qayerdadur Layli
Qayerdadur Layli...
Yo'qdur, hatti harakatimga javobim yo'q
yo'llarimda hoqsor iroda-yu toqatimga ishonchim yo'q
o'ldi kibri havo, bekindi borliq ortida, kamina-yu shahsiyat
bo'ldim ahli salomatdan ahli malomat
sevgi nima o'zi u? kim biladi? o'rganilmadi ohiri nazorat
muhabbat bu o'ziga yarasha yuraklardagi bir kichik ohirat, to'la nadomat
yanada, jismingda yahshi yoki yomon iz bo'lib qoladigan ming asorat
muhabbat bu bemorlig-u bedorlik, ochiq oydin haqiqat
kechalari giryonlik
tuyg'ularing bilan bog'langan sifati Jamil
misoli Layli bilan ko'mildi hayollar
Majnuni Qays bo'ldim, man misoli Karbalo
ufuqdagi yomg'irlarga borib qo'shildim guyo-ki sabo
telba Majnunman, boru yo'g'im Layli
Boru yo'g'im Layli.